Surat

Surat — Hindistondagi shahar, Gujarot shtatida. Aholisi 2,1 million kishi (2001). Arabiston dengizi sohilidagi port. Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik, oziq-ovqat, qog’oz, neft kimyosi, mashinasozlik va elektronika sanoati korxonalari mavjud. Universitet, Aeroport bor. Hunarmandchilikda turli matolar, parcha, zarxal va kumush ipli to’rlar to’qiladi; yog’och o’ymakorligi rivojlangan. Shaharga 1613 yilda inglizlarning Hindistondagi dastlabki faktoriyasi sifatida asos solingan.