Sur’at

Sur’at (musiqada) — musiqa asari ijrosining tezlik darajasi. Odatda, asarning mazmuni va umumiy xarakte- riga bog’liq holda (muallif tomonidan) belgilanadi. Nota yozuvida 17-a.dan ita- lyantsa atamalar bilan (lotin alifbo- sida) ko’rsatila boshlagan. Asosiy S.lar (tezlanish tartibida) Largo, Lento, ada- Jio (sekin S.lar), Andante, moderato (o’rtacha S.lar), Allegro, Allegretto, Vivo, Presto (tez S.lar). Dastlab, ba’zi S.lar musiqa asarlarining mazmunifodaviy- ligini bildirgan (mas, Allegro — sho’x, Largo — vazmin, Vivo — jonli va G’.k.), ularning ayrimlari hozirgacha shu ma’- noni saqlagan. Ba’zan, S.lar barchaga ma’lum janrlar in’ikosi sifatida ham ko’rsatiladi (mas, marsh, vals, Pol- ka va h.k. S.ida). Ba’zan maxsus nomi bo’lmagan, lekin ayni shu S.dagi pesa yoki uning mustaqil qismlarining nomi bo’lib xizmat qilishi mumkin (mas, so- nata allegrosi). Anik, S. muayyan vaqt (odatda, bir daqiqa) davomida ijro eti- layotgan metr g’issalarining soni bilan ko’rsatiladi. S.ni aniqo’lchash uchun (mas, og’zaki an’anadagi musiqa asarlarini notaga olishda) metronom ishlatiladi.