Surma
Surma (turkcha vggpe, lot. Stibium), Sb — Mendeleev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 51, at.m. 121,25. Tabi- iy S. 2 ta barkaror izotopdan iborat. 121Sb (57,25%) va 124Sb(42,75%). S. ning sun’iy izotoplaridan muhimlari 122Sb(T1/2q 2,8 kun), l23Sb(T]G’2q 60,2 kun) va 125Sb(T|G’2q 2 y.). S. juda qadimdan ma’lum. Sharq mam- lakatlarida miloddan 3000 y. avval Sdan turli idishlar yasashgan. Qad. Misrda mil. AV. 19-a.da surma yaltirog’i (tabi- iy) mesten yoki stem nomi bilan qoshni bo’yashda qo’llangan. S. Er po’stining massa jihatidan 410~5% ini tashkil qiladi. S. kristall va amorf shakllar- da bo’ladi. Kristall holdagi S. oddiy sharoitda barqaror bo’lib, kumush kabi oq, yaltiroq, mo’rt metall. Suyuklanish t-rasi 630,5°, qaynash t-rasi 1640Q5°, zichligi 6,69 g/sm3. Birikmalarda Q5, Q3 va -3 valentli. S. havoda qizdirilsa, amfoter S.(III)oksid Sb2O3 ga aylanadi. S.ning kislotali xossalarini namoyon qiladigan oksidi — Sb2O5 (antimonat angidrid) ham ma’lum. S. texnikada qotishma va birik- malar (200 dan ortiq qotishma tarki- biga qo’shiladi) holida ko’p ishlati- ladi, chunki S. qo’shilgan metallning qattiqligi ortadi, qiyin oksidlana- Di. S qotishmalaridan muhimlari — qattiq qo’rg’oshin «gartbley», bosmaxona qotishmalari, babbitlar. S.ning alyumi- niy, galliy, indiy bilan hosil qilgan qotishmalari yarimo’tkazgichlar ishlab chiqarish.da qo’llanadi. O’simliklarda (100 g quruq modda hisobida) 0,06 mg, dengiz hayvonlarida 0,02 mg, quruqlikda yashaydigan hayvonlarda 0,0006 mg S bo’ladi. S. odam va hayvon organizmiga nafas yo’llari yoki me’daichak orqali ki- radi. S.ning biologik ahamiyati to’liq o’rganilgan emas. Tibbiyotda S. leyshma- nioz va ba’zi gelmintoz (mas, shisto- somatoz)ni davolashda qo’llanadi. S. va uning qotishmalari zaharli. Sdan kuchli zaharlanganda yuqori nafas yo’llarining shilliq pardalari, ko’z va teri zararla- nadi. Sdan zaxarlanishdan saqlanish uchun S ishlab chiqarish. jarayonlari me- xanizasiyalashtirilishi, bino yaxshi sha- mollatilishi lozim. Surma birikmalari. S. vodorod bi- lan rangsiz, badbo’y, o’ta zaharli gaz — S. gidrid SbH2 (stibin) hosil qiladi. Suyuqlanish t-rasi — 88,5°, qaynash t-rasi 17°, zichligi 2,2 g/sm3 (— 17° da, sutok, holatda). S. qotishmalariga (rux- li yoki magniyli) suyultirilgan kislota- lar ta’sir ettirib yoki Sb2O5 ni yuqori bosim ostida atomar vodorod bilan Kay- tarib olinadi. gacha qizdirilsa o’zidan oltingugurt chiqarib, Sb2S, ga aylanadi. Rezina sa- noatida kauchukni vulkanizasiya qilishda ishlatiladi. Ad.: Parpiev N. A., Muftaxov A. G., Rahimov H.R., Anorganik kimyo, T., 2003; Axmerov Q., Jalilov A., Sayfutdinov R., Umumiy va anorganik kimyo, T., 2003. Qudrat Axmerov.