Surxob

Surxob — Tojikistondagi daryo. Orqa olay tizmasining shimoliy yon bag’ridan Qizilsuv nomi bilan boshlanadi. Olay vodiysi bo’ylab oqadi. Irmoqlari: Achchiqtosh, Taka, Ko’ksuv, Muksuv, Yarxich, Obixingov va boshqalar. Tojikiston hududiga o’tgandan so’ng Surxob (O’zbekcha «Qizilsuv») nomini oladi. Rog’un suv omboriga quyilish joyida, eng yirik irmog’i Obixingov qo’shilgandan keyin Vaxsh nomi bilan ataladi.