Surxon-Sherobod qator tepalari

Surxon-Sherobod qator tepalari — Surxondaryodagi qator te- palar. Surxondaryo va Boysun botiqlari orasida joylashgan. Jan.g’arbdan shim. G’arb tomon cho’zilgan. Tarkibidagi Kalifsherobod tepasi (Jan.g’arbda Qorabozor dovonidan boshlanib, shim. sharqsa Sherobod daryosigacha davom et- gan. Tepaning o’rtacha bal. 900— 1000 m, eng baland joyi 1126 m. Sherobod da- ryosidan Sharqda SherobodSariqamish tepasi boshlanadi. Uning shim. qismi deyarli meridian bo’ylab cho’zilgan. Eng baland joyi shim. qismida (1216 m). SherobodSariqamish tepasining Jan. sharqida Hovdog’ (bal. 557 m), Uchqizil (414 m) va b. tepalar joylashgan bo’lib, ularning nisbiy bal. 40-100 m. Hovdog’ tepaligi Surxondaryo voqasini Shero- bod vohasidan ajratib turadi. Tepalar juda emirilgan, yon bag’irlari ko’plab soy va jarlar bilan kesilgan, ularni kesib o’tgan ba’zi daryolar (Sherobod, Oqqopchig’ay va b.) chuqur daralar hosil kilgan. Tepalar tektonik jihatdan anti- klinal va braxiantiklinal struk- turadir. Ular bo’r, paleogen, neogen va quyi to’rtlamchi davrning gil, ohaktosh, qumtosh, dolomit, mergel, konglome- ratlaridan tuzilgan. Tepalarning shak- llanishi neogen davrida boshlanib, to’rtlamchi davrda ham davom etmoqda. Iklimi keskin kontinental, yog’in kam (130-250 mm), surqo’ng’ir, bo’ztuproklar tarqalgan. O’simliklardan shuvoq, sho’ra, turls efemerlar o’sadi. Tabiiy boyli- klardan neft, tabiiy gaz, mineralter- mal er osti suvlari, yil bo’yi foyda- laniladigan yaylovlar, sovuq va issiq fasllarda chorva mollari saqlanadigan g’orlar bor. Murod Mamatqulov.