Surxondaryo viloyat o’lkashunoslik muzeyi

Surxondaryo viloyat o’lkashunoslik muzeyi – ma- Daniy ma’rifiy muassasa. Termiz sh.da 1934 y.da (1933 y.da uyushtirilgan xalq xo’jaligi ko’rgazmasi asosida) tashkil qilingan. Muzeyda Termiz va termi- ziy allomalar tarixi, qadimshunoslik va tangashunoslik, xalq og’zaki ijodi, etnografiyasi, xalq, amaliy san’ati, o’lka tabiati, sporti, tasviriy san’- at bo’limlari hamda 14 ming nusxadan ziyod asarga ega kutubxona bor. Muzey fondi 64 mingdan ortiq (2004). Eks- ponatlar Surxondaryo viloyatining eng qadim zamonlardan hozirgacha bo’lgan tarixi va madaniyati haqida hikoya qiladi: turli davrlarga oid zargar- lik buyumlari, turli davrlarda zarb qilingan tangalar, hunarmandlik buyum- lari, ganch o’ymakorligi, me’moriy yod- gorliklar qoldiqlari, sopol buyumlar, haykalchalar, to’qimachilik dastgohlari, uy anjomlari, ish qurollari mavjud. Muzey madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi, ko’rgazmalar tash- kil etadi, ilmiy ishlar nashr qiladi, boshqa ko’pgina ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.