Suspenziyalar

Suspenziyalar (lot. suspensio — osmoq) — suyuq dori turi. Tarkibidagi kukun (qattiq zarra ko’rinishidagi) dori moddalari biror suyuklik (suv, glise- rin, o’simlik moyi)da muallaq holda tu- radi. S. dorivor moddalarni ayni erit- mada eritib bo’lmaydigan hollarda tay- yorlanadi. S.ni ishlatishdan oldin yax- shilab chayqatiladi. S. kondensatlab yoki disperslash yo’li bilan hosil qilinadi. Qishloq xo’jaligida o’simliklarni himoya qilishda purkash uchun keng qo’llanadi. S. dispersion muhit (odat- da, suv) va dispers faza — pestisidning qattiq zarrachalaridan tashkil topadi. Ular etarli darajada barqaror, ya’ni tayyorlanganidan keyin uzoq vaqtgacha cho’kmaydigan, purkaladigan sathni yaxshi ho’llashi va yopishqoq bo’lishi kerak. S, odatda, ishlatiladigan paytda, qattiq kukun preparatlar — ho’llanuvchi ku- kundan tayyorlanadi. Ularning tarkibi (30-90%) pestisidlar, to’ldiruvchilar, sirt faol va qo’shimcha moddalardan ibo- rat. To’ldiruvchi modda sifatida ko’pincha kaolin qo’llanadi. Dehqonchilikda tuproqni zararkunanda va kasalliklar- dan himoya qilishda yoki begona o’tlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Oltingu- gurt, akreks, keltan, gardona, tiodan, fozalon va b. insektisid hamda Akari- tsidlarning ho’llanuvchi kukunlaridan tayyorlangan S. keng tarqalgan. Bir qator texnologik jarayonlarda (qog’oz, lok, bo’yoq, plastiklar, rezina va b. ishlab chiqarishda) S.ning ahamiyati katta.