SUT SOG’ISH QURILMASI
SUT SOG’ISH QURILMASI – sutni vakuum hosil qilib sog’ish uchun mo’ljallangan mashina va apparatlar majmui. Elektr dvigatel, vakuumnasos, pulsator, sog’ish stakanlari, kollek- tor, vakuumballon, vakuum rostlagich, vakuummetr va sut quvurlaridan iborat. Elektr dvigatel yoki ichki enuv dviga- teli quvurlar tizimida vakuum hosil qilishga mo’ljallangan bo’lib, vakuum- nasosni harakatga keltiradi. Trubopro- VOD vakuumballonni molxonadagi magi- Stral quvur bilan tutashtiradi. Mol- xonadagi quvurlarga sog’ish jo’mraklari o’rnatilgan. Vakuumrostlagich quvurda muayyan vakuumni sakdab turadi. Quvurda vakuum haddan tashqari oshib ketsa, rostlagich klapani avtomatik ravishda ochiladi va undagi havo vakuumi kuchini kamaytiradi. Quvurlar tizimiga vacuum tekshirib turiladigan vakuummetr ham o’rnatiladi. S.s.q. sut sog’ish stanogi, sut yig’iladigan va saqlanadigan idish, elinni yuvish va sog’ish apparatlarini dezinfektsiya qilish qurilmalari, shu- ningdek sun’iy sovitish moslamalari va h.k. bilan butlanadi.