SUTLAMADOSHLAR

SUTLAMADOSHLAR (Euphorbiaceae) ikki urug’pallalilarga mansub sut shirali o’simliklar oilasi. O’t, buta, daraxt va lianalardan iborat. Barglari navbatlashib yoki qaramaqarshi joylashgan, yonbargchali. Guli bir jin- sli, bir yoki ikki uyli. Changchilari gul- ning o’rtasida. Tugunchasi 3 chanokli va 3 ustunchali. Mevasi, odatda, ko’sakcha, ba’zan, danaksimon yoki kamdankam re- zavor. Er sharining barcha qit’alarida, ko’proq tropik va subtropik hududlarida tarqalgan. 7000 ga yaqin turi bor. O’zbekistonda 8 turkumi, 150 turi USA- Di. S.ning sutsimon shirasi tarkibida zaharli moddalar, kauchuk va b. dorivor moddalar bor. Ba’zi turlari (mas, ka- nakunjut, lepadena va b.) manzarali va dorivor o’simlik sifatida o’stiriladi. Ayrim turlarining mevasi eyiladi.