Sutpechak, ilonpechak

Sutpechak, ilonpechak (Supapsһim acutum L.) — sutpechakdoshlarga mansub ko’p yillik begona o’t. Poyasi chirmashib o’sadi. Bo’yi 400-300 sm. Barglari yurak- Simon, uch burchakli, bandli, poyada ketma- ket joylashgan. Gullari oq yoki pushti, soyabon to’pgulga yig’ilgan. Nihollari apr.mayda usadi, iyulsent.da gullab me- valaydi. Urug’idan hamda ildiz bachki va kurtaklaridan ko’payadi. Bir tupi 1500 dan ko’proqurug’beradi. Urug’lari kuzda katta masofalarga tarqaladi. Urug’i 15— 35°da ko’karadi. Ildizi o’q ildiz, J5—30 sm chuq.da kurtakli va bachki ildizlar hosil qiladi, shulardan yangi novdalar rivojlanadi. O’rta Osiyoda tarqalgan. Sug’oriladigan erlar, sernam joylar, sug’orish shoxobchalari, bog’larda o’sadi. S. g’o’za tunlami va b. zararkunandalar ko’payishi uchun makon. Kurash choralari: ang’iz yumshatiladi, er chuqur shudgor, ekinlar kulvitasiya, o’toq qilinadi. G’alla ekinlariga 2,4 QD tipidagi gerbitsidlar purkaladi.