Suttikan, choyyaproq

Suttikan, choyyaproq (Lactuca tatarica (L.) S.A. Meu) — Murakkabgul- doshlarga mansub ko’p yillik bachki il- dizli begona o’t. Poyasi tik usadi, ser- shox, bo’yi 30-80 sm. Poyasi sindiril- ganda sutsimon shira chiqadi. Barglari ketma-ket joylashgan, ostkilari patsi- mon kesilgan, yuqoridagilari nashtarsi- mon. Gullari havorang savatcha to’pgulga yig’ilgan. Mevasi oson to’kiladigan urug’cha. Iyulsent.da gullab, mevalaydi. Ildizi 5 m gacha chuqurlikka kiradi, 1 m chukurlikda vegetativ novdalar pay- do qiladi. Bir tupi 5ming urug’beradi. Urug’idan, ildiz bachkilaridan ko’payadi. Qurg’oqchilikka, sho’rga chidamli. Sugori- ladigan va chopiq kilinadigan ekinlar orasida uchraydi. Tashlandiq erlar, ariq bo’ylari, bog’, poliz ekinlari, uzumzor- larda usadi. Kurash choralari: erni kuzda chuqur haydash; ekinzorlarda kultivasiya o’tkaziladi, gerbitsidlar purkaladi.