Suv alvastilari yoki aksolotlari birinchi bor 1865 yilda Meksikadagi Sochimilko ko’lida uchragan. «Aksolotl» asteklar tilidan olingan bo’lib, «suv ajdarhosi», «suv gazandasi» va «suv iti» deb har xil talqin qilinadi. Olimlar uchun oyqulog’i va dumida suzish pardasi bo’lgan suv alvastisi ko’p vaqt jumboq bo’lib keldi. Suvda yashaydigan bu maxluq bilan quruqlik amfibiyasi o’rtasida aloqadorlik borligi hech kimning xayoliga kelmagan. Bu jumboqqa 1867 yili fransuz gerpetologi Ogyust Dyumeril nuqta qo’ydi. U aksolotlning xolli dumli amfibiyaga aylanishini birinchi bo’lib aniqladi. Bugungi kunda aksolotllar yuz minglab odamlarning xonadonida yashamoqhda, ayni chog’da u xalqaro tabiatni qo’riqlash uyushmasining qizil kitobiga kiritilgan. Sovuqqon, xira tusli bu jonivor hayotining ko’p qismini akvarium tubida, behisob yomg’ir chuvalchanglari, go’sht va chivin g’umbaklarini yeb o’tkazadi. Tabiatda aksolotllar faqatgina Sochimilko va Chalko ko’llarida saqlanib qolgan, ular bu yerda qirilib ketish xavfi ostida. Bu ko’llarga Yevropa Karpini moslashtirishdi, bu baliqlarga yosh aksolotllar va ularning uvuldirig’i juda yoqib tushdi. Bir so’z,bilan aytganda, asteklar saltanati yemirilishini boshdan o’tkazgan aksolotllarning kelajagi juda g’amgindir.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
