Suv cho’chqachasi
Suv cho’chqachasi, kapibar (Hydrochoerus) — suv cho’chqalari oilasi- ga mansub kemiruvchi hayvon. Oilaning yagona vakili. Gavdasining uz. 100-130 sm, og’irligi 60 kg va ko’proq (hoz. yasha- yotgan kemiruvchilarning eng yirigi). Tanasi och qo’ng’ir tusli siyrak dag’al jun bilan qoplangan. Oyoklari uzun, barmoklarida tuyoqsimon tirnoqlari bor. Dumsiz. Yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Yilda bir marta 5-6 bola tug’adi. Markaziy va Jan. Amerikaning tropic o’rmonlaridagi ko’l va daryolar qirg’og’ida hamda botqokliklarida oila yoki kichik tuda bo’lib yashaydi. O’simliklar bilan oziklanadi. Ba’zan ekinlarni eb, zarar keltiradi. Go’shti va terisi uchun ovlana- Di. Qo’lga tez o’rganadi.