Suv havzasi

Suv havzasi — er yuzasining tabiiy yoki sun’iy pastqam yoki chuqur joylarida tabiiy yoki sun’iy ravishda suv to’planishidan hosil bo’ladigan, yo bo’lmasa, suv yo’lini to’sib va to’g’on qurib hosil qilinadigan sekin oqar yoki oqmas suv manbai. S.h. doimiy yoki mavsumiy (seryog’in yillarda paydo bo’ladigan) tur- larga bo’linadi. Doimiy S.h.ga okeanlar, dengizlar, daryolar, ko’llar, tabiiy suv omborlari, jilg’alar, ariklar va b. ki- radi. Mavsumiy (vaqtinchalik) S.h. sun’- iy suv omborlari, kanallar, hovuzlar va b.dan iborat. Mac, O’zbekiston hududidagi Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq daryolari tabiiy S.q., Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Andijon suv ombori va b. sun’iy S.h. hisoblanadi.