SUV OSTI TELEVIDENIESI

SUV OSTI TELEVIDENIESI — suv ostidagi manzara va ob’ektlarni kuzatish uchun mo’ljallangan televide- Nie. S.o.t.da suv osti televizion Kuril- masidan foydalaniladi. Bu kurilma signallarni qabul qiluvchi va uzatuvchi trubkalar; ob’ektiv; satr yoyish blo- ki, kadr yoyish bloki; kuchaytirgichlar, yorug’lik manbalari va b. qismlardan iborat. Asosiy apparati — suv ostida- gi televizion kamera. S.o.t.dan cho’kkan kemalarni qidirish, kemalar, gidrotex- Nika inshootlarining suvga botib turgan qismlarini tekshirish, g’avvoslarning ishini kuzatish, dengiz va okeanlar- ning hayvonot va o’simlik dunyosini o’rganish, baliq to’dalarini, neft kon- larini qidirish, suv osti minalarini izlash, suv osti qurollarini sinash va b. maqsadlarda foydalaniladi. S.o.t. tizimidan bir necha yuz metr chukurlikda istalgancha vaqt davomida foydalanish mumkin.