Suv osti tizmalari
Suv osti tizmalari – oke- an va dengizlar tubidagi bo’ylama cho’zilgan va bal. 4000-5000 m ga eta- digan ko’tarilmalar. Uzunligi yuzlab — minglab km ga, eni bir necha yuz km ga etadi. Alohida cho’qqilari ba’zan tiz- malar, burmalipalaxsali tog’lar, vulkan tizmalari, yoysimon orollarning bur- malipalaxsali tizmalari va vulkanlar- dan hamda er po’stining yoriklaridan oqib chiqqan bazalt lavalaridan hosil bo’lgan okean o’rtaliq tizmalaridan ibo- rat. Mas, Shim. Muz okeanida Lomono- sov, Mendeleev, Gakkel va b., Atlantika okeanida O’rta Atlantika, Afrika—An- tarktida, Hind okeanida Arabiston— Hindiston, Maldiv va b., Tinch okean- da Jan. Tinch okean, Chili, Gavayi va b. S.o.t. birbiridan chuqur botiklar orqali ajralgan. Ularning ko’pchiligida teztez zilzilalar bo’lib turadi, harakatdagi vulkanlar bor.