Suv polosi

Suv polosi, vaterpolo — suv- da, ya’ni to’g’ri burchakli hovuz (30×20 m, chuqurligi kamida 1,8 m)da to’p bilan jamoa bo’lib o’ynaladigan sport o’yini; xar jamoada 7 tadan o’yinchi qatnashadi. Hovuzga 3×0,9 m lik 2 ta darvoza o’rnatiladi. O’yinning maqsadi — raqib darvozasiga iloji boricha ko’p to’p tu- shirish. S.p. to’pining aylanasi 68-71 sm, og’irligi 400-450 gr. 1967 y.dan boshlab plastmassa to’p bilan o’ynaladi. Qoidaga ko’ra, musobaqa sof o’yin vaqti 5 min. dan bo’lgan 4 bosqichda 2 minutlik tanaffus bilan o’tkaziladi. Har qanday usulda suzish, to’pni 1 qo’lda olib yurish va otish mumkin (faqat darvozabongina 2 qo’lida o’ynaydi), qo’lida to’p bo’lmagan raqibga hujum qilish man etiladi. Qoidani buzganlik to’pni o’yinga kiri- tish huquqini raqibga berish, o’yindan chiqarib yuborish (45 sek. yoki darvoza ishg’ol qilingunga qadar) bilan jazola- nadi. O’yinning dastlabki qoidalarini shotlandiyalik V.Uilson ishlab chiqqan (1876). 19-a. oxiri — 20-a. boshlaridan S.p. Evropa mamlakatlarida ommalasha boshladi. 1926 y. Xalqaro havaskorlar suzish federasiyasi (FINA) huzuridagi S.p. qo’mitasi tuzilgan. 1973 y.dan jahon chempionata musobaqalari o’tkaziladi. 1900 y.dan Olimpiada o’yinlari dastu- riga kiritilgan. O’zbekistonda S.p. o’yinlari 1946 y.dan uyushtirila boshlagan. Mamla- katimizda «mehnat», «Lokomotiv», «Spartak», «Yoshlik» va b. jamoalar bor. O’zbekistan S.p. federasiyasi 1993 y. tashkil etilgan. Erkin Shagaev sportning shu turi bo’yicha Olimpiada chempionidir.