Suv resurslari

Suv resurslari – foydalanish uchun yaroqli bo’lgan er usti, er osti suvlari va tuprokdagi nam zaxiralari. Sr. asriy (er usti katlamlari, qutb va baland tog’muzliklari, yirik ko’llar va shu kabida to’plangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (dare oqimlari, er osti suvlarining o’zgaruvchan va Di- Namik zaxiralari, ko’llar hajmining bir qismi va b.) turlarga bo’linadi. S.r. denganda suv ob’ektlari — dare, kul, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergeti- ka, baliq xo’jaligi, dam olish, turizm va b. maqsadlarda foydalaniladi. Gi- drosferadagi turg’un suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning fakat salkam 1% dan kishilar foydalana ola- dilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida. Daryolar, oqar ko’llar va ko’pchilik er osti suvlari ham chuchuk. Erning dunyo okeani, er osti suvlari, muzliklar, tuprokdagi nam, dare (o’zan) suvlari, atmosfera bug’lari— gidrosfe- Rada, ayrim hisobkitoblarga ko’ra, 1454 327,2 ming km3 turg’un S.r. bor. Nazariy jihatdan S.r. bitmastuganmas, chunki bu resurslardan oqilona foydalanilganda S.r. aylanibyangilanib turadi. Pekin ko’pgina mamlakatlarda S.r. dan qishloq xo’jaligi., sanoat, kommunal xujaligi va b. maqsadlarda foydalanishning or- tishi hamda turli omillar ta’sirida, birinchi navbatda ishlatiladigan if- Los suvlarni tozalamay dare va ko’llarga oqizilishidan suv manbalarining if- loslanishi natijasida 20-a. oxiriga kelib insoniyat oldida suv takchilligi muammosi paydo bo’ldi. BMT tomonidan kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan ta’minlash muammolariga bag’ishlangan S.r. bo’yicha 3Jahon forumi o’tkazildi (2003, Yaponiya, Kioto), 2003 y. Xalqaro chuchuk suv yili deb e’lon qilindi. O’rta Osiyoda Sr., asosan, dare oqimlari va er osti suvlarining dinamik zaxiralari (tiklanadigan resurslar), shuningdek, toglardagi muzliklar va ko’llarning as- riy suv zaxiralaridan tashkil topadi. Dare oqimlari tog’larda mavsumiy qor qatlamlari, muzliklar va krrliklarning erishi, shuningdek, yog’inlar natijasida hosil bo’ladi. Tog’lardagi er osti suv- lari yukrridagi sanab o’tilgan suv olish manbalari g’isobiga vujudga keladi. Tog’ oldi va sug’orma mintaqalarda er osti suvlari, asosan, er usti suvlari xisobi- ga to’yinadi. Dare va er osti suvlarining S.r. o’zaro bir-biriga bog’liq. Er osti suvlaridan juda katta mikdorda foyda- lanish dare oqimini kamaytirib yubora- Di. O’rta Osiyoning sug’orma dehqonchilik mintaqalarida Daryo suvlarining yillik resurslari 114 km3 ni, jumladan, Amu- daryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) — 74,7 km3, Sirdaryoda — 39 km3, Tajan va Murg’obda — 2,4 km3 ni tash- kil etadi. S.r. hududiy jihatdan Note- kis joylashgan bo’lib, tog’larda hosil bo’lsada, keng tarmoqli sug’orish kanal- lari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi. S.r.ning hududiy jihatdan notekis- ligi suv iste’molidagi tanqislikni vujudga keltiradi. Uni bartaraf etish uchun oqimning bir qismi mintaqadan boshqasiga qayta taqsimlanadi. Oqimni qayta taqsimlash Amudaryo (Qoraqum, AmuBuxoro, katta Hisor, qarshi kanal- lari va b.) va Sirdaryo (katta Farg’ona, Katta Andijon, Katta Namangan, Jan. Mirzacho’l kanallari va b.) havzalarida juda katta hajmda amalga oshirilgan (q. Daryolarni havzalararo oqizish, Davlat suv fondo’). Ad.: Irrigasiya O’zbekistana: v 4x, t.D. 1 — 4, T., 19751981; Lvovich M.I., Mirovo’e vodnie resurso’i IX buduhee, M., 1974; Bahritdinov B.A., O’rta Osiyo- ning Daryo va zovur suvlari gidroximiya- si, T., 1983.