Suv saqlovchi gorizont
Suv saqlovchi gorizont – suv o’tkazadigan bir xil tarkibli yoki lito- logik tarkibi va gidrogeologik xusu- siyatlari o’xshash bo’lgan tog’jinslari- ning er osti suvi bilan to’lgan bir yoki bir necha qatlami, darzlik bo’shliqlari, g’ovaklar, bo’shliqlar. S.s.g. burg’i qudug’i va b. manbalarni etarli oqim bilan ta’- minlaydigan darajada o’zida suv yig’a oladigan katlamdir. Birbiri bilan gi- dravlik ravishda bog’langan S.s.g. suvli majmuani hosil qiladi. Agar er osti suvlari suv utkazmaydigan qatlamlarga nisbatan ustki ta ostki tomondan che- garalangan va atmosfera bosimidan yuqori bosim ostida bo’lsa, S.s.g. bo- simli hisoblanadi. Bosimsiz suvli gorizontda er osti suvlarining sathi o’tkazuvchanlik zonasining ustki chegara- si bo’lib, unda bosim atmosfera bosimi- ga mos keladi (q. Tog’jinslarining suv o’tkazuvchanligi).