Suv sig’imi

Suv sig’imi — suvga botirilgan qattiq jism, Mae., suzib ketayotgan kema siqib chiqaradigan suv miqdori (hajmi). Hajmiy va og’irlik bo’yicha sig’imlar farq qilinadi. Hajmiy S.s. jismning suvga botib turgan qismi siqib chiqargan suv hajmini bildiradi. Og’irlik bo’yicha S.s. Arximed qonuniga muvofiq jismning og’irligiga teng bo’ladi. Bun- Day sig’im miqdor jix.atdan o’zgarmay qoladi. Hajmiy S.s. suvning zichligi- ga qarab o’zgarishi mumkin. Suvga boti- rilgan jismga shu jism siqib chiqargan suv og’irligiga teng ko’tarish kuchi ta’- sir qiladi. Agar jismning og’irligi ko’tarish kuchidan katta bo’lsa, jism suv- ga cho’kadi, kichik bo’lsa, — cho’kmaydi, ma- Bodo teng bo’lsa, jism suvning istalgan joyida turishi mumkin. S.s. kemachi- likda, amaliy va nazariy i.t. ishlarida, jismlarning solishtirma og’irligini aniklash va b.da qo’llaniladi.