Suv tushirgich
Suv tushirgich — kanal va Daryo- larda suv oqimi oshib tushadigan to’siq (bo’sag’a). Bunda suv oqimini yo’naltirish uchun to’siq yuqorisiga to’g’ri to’rtburchak, uchburchak yoki trapesiya shaklidagi teshi- klar qilinadi. Ular yon tomondan tirgak yoki oraliq devorlar bilan chegaralana- Di. S.t. yupqa devorli; keng to’siqli va shakldor to’sikli bo’ladi. Toshqin dav- rida yoki suv ko’ttayganda suv omboridan ortiqcha suvni chiqarib tashlash, shuning- dek, to’g’on yoki shlyuzdan pastki inshoot (pastki bef) ga kerakli suvni o’tkazish uchun mo’ljallangan gidrotexnika insho- oti suv tashlama (obpartov) deb ataladi. U to’gon tepasiga va yuqorigi bef sir- ti ostiga qilingan yoki ikkalasi past- baland o’rnatilgan teshik (kuvur)lardan iborat bo’lishi mumkin. Bunda suvning o’tishi ochibyopsa bo’ladigan gidrotexnika zulfini bilan tartibga solinadi. Uning avtomatik tarzda ishlaydigan (mas, si- fonli) turlarida zulfinlar bo’lmaydi. Suv omborini suvdan bo’shatish, uni cho’kindilardan tozalash va suvni pastki befga o’tkazishga mo’ljallangan teshik- li gidrotexnika inshooti suv bo’shatmasi deb ataladi.