Suva
Suva — Fiji Respublikasi poytaxti. Aholisi 77,4 ming kishi (1996). Iqlimi tropik, nam ikdim, o’rtacha temperatura 24°, yillik yog’in 3000 mm. VitiLevu orolining Sharqiy sohilidagi port, chetga shakarqand, kopra, kokos moyi, banan, oltin chiqariladi. Aeroport bor. Mamlakatning sanoat, savdo va madaniy markazi. Oziqovqat sanoati rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Janubiy Tinch okean universiteti bor. Turizm rivojlangan.