Suvda suzish

Suvda suzish, sportcha suzish — sport turi, rasmiy belgilangan masofa- ga muayyan usulda sportcha suzish (erkin tarzda, brass, batterflyay usulida, orqa bilan), shuningdek, suv ostida, amaliy, sinxron (badiiy) suzishni o’z ichiga ola- Di. Xalqaro Olimpiada qo’mitasi tas- nifiga kura, S.s.ga suvga sakrash va suv poloso’ham kiradi, S.s. zamonaviy 5 ku- rashning tarkibiy qismi hisoblanadi. S.s. tarixi 15-16-a.larga to’g’ri keladi. Suzuvchilarning dastlabki sport musobaqalari 1515 y. Venesiyada o’tkazilgan. Ilk suzish maktablari 18-a. ning 2-yarmi — 19-a.ning boshlarida Germaniya, Avstriya, Frantsiyada ochilgan. 19-a. oxirida sun’iy suv havzalari ku- rila boshlagach, sportcha suzish ommala- shib ketdi. 1890 y. S.s. bo’yicha 1evropa chempiona ™ o’tkazildi. S.s. 1896 y.dan Olimpiada o’yinlari dasturiga kiri- tildi (ayollar 1912 y.dan qatnashadi). Xalqaro havaskorlar suzish federasiyasi (FINA, 1908 y. asos solingan)ga 130 dan ortiq mamlakat milliy federasiyalari a’zo. O’zbekistonda qadimdan suvda turli o’yin va musobaqalar o’tkazilgan. S.s. sporti respublikada 1924-25 y.lardan rivojlana boshladi. Ana shu davrda ilk gidrostantsiyalar qurilgan. Chunonchi, Toshkentda Bo’zsuv to’g’on bilan to’silib, sun’iy suv ombori hosil qilindi. Bu erda 2 ta suv stantsiyasi qurilib, suzish havzasi va balandlikdan suvga sakrash minoralari bunyod etildi. 1927 y. 1mar- ta shu erda Toshkent va samara (Ros- siya) sh.lari jamoalari o’rtasida suzish musobaqasi bo’lib o’tdi. 1930 y. Tosh- kent to’qimachilik k-ti qoshida stadion va uz. 50 m li suvi isitiladigan ochiq havza qurilib ishga tushirildi. 1935 y. Andijonning sun’iy suv havzasida 1 marta respublika suv sporti bayra- mi, S.s. bo’yicha O’zbekiston birinchi- ligi o’tkaziddi, 1937 y. Toshkentdagi temiryo’lchilar istirohat bog’ida ochiq suv havzasi qurilib, suzish bo’yicha 1-bolalar-o’smirlar sport maktabi tashkil etildi. 1939 y. O’zbekistonda S.s. bo’yicha respublika federasiya- si tuzildi. O’tgan asrning 60y.lari- da Toshkentda (jismoniy tarbiya in-ti qoshida, «mehnat rezervlari» sport jamiyati huzurida, armiya sport klubi- ga qarashli), Navoiy sh.da, boshqa vilo- yatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib foydalanishga topshirildi. Respublikada qobiliyatli yosh sportchisuzuvchilar etishib chiqa boshladi. Olimpiada o’yinlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ish- tirok etgan S.Babanina, N.Ustinova, S.Iskandarova, S.Konov, Szabolotnov- lar sportning ana shu turida Shuhrat qozondilar. Hozir respublikamizning viloyat va tuman markazlarida 200 dan ortiq suv havzalari mavjud.