Suvilonlar
Suvilonlar (Colubridae) — ilonlar oilasi. Uz. 10 sm dan 3,5 m gacha. Tashqi ko’rinishi va rangi har xil. ‘ Tishi ko’p, jag’tishi qanotsimon va tan- glay suyaklarida o’rnashgan. Ayrim turla- rida yuqori jag’dagi orqa tishlar zahar bezlari bilan bog’langan. 1600 ga yaqin turi ma’lum. Antarktidadan boshqa bar- cha qit’alarda uchraydi. O’zbekistonda 6 uru/ga mansub 10 turi tarqalgan. Erda, daraxtda, suvda, suv bo’yida, alohida inda yashaydi. Umurtqasizlar va mayda umurtqali hayvonlar bilan oziklanadi. Ko’pchiligi tuxum qo’yadi; ayrim turlari tirik tug’adi. O’q ilon va boyga zaharli. O’zbekistonda suvilon, rangdor chipori- lon va guldor chiporilon keng tarqalgan. Suvilon baliqchilik xo’jaliklariga qisman ziyon keltiradi. S.ning 10 turi Xalqaro qizil kitobga kiritilgan.