Suvni tozalash

Suvni tozalash — suv ta’mi- noti manbalari (daryolar, ko’llar, suv havzalari, suv omborlari va b.)dan vodo- provod tarmog’iga kelib tushadigan suv- ning sifatini belgilangan me’yorga kel- tirish uchun mo’ljallangan texnologik jarayonlar majmui. Sanoat korxonalari va maishiy korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni tozalashni ham o’z ichiga oladi. Suv ta’minoti va kanalizasiya ti- zimidagi, korxonalardagi muxandislik inshootlari yordamida hamda biologik va kimyoviy usullarda amalga oshiriladi. Er yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, ko’llar va b.) suvini vodopro- VOD tarmog’iga yuborishdan oldin tin- diriladi, tiniklashtiriladi va zarar- sizlantiriladi. Tozalash inshootlari- da tindirish va tiniklashtirishda suv tarkibidagi muallaq va kolloid (mayda) zarralar suv tagiga chukadi, suvga maxsus idishlarda alyuminiy sulfat va xlorli temir bilan ishlov beriladi, suv shag’al, qum qavati, ba’zan esa g’ovak sopol fil- TRdan o’tkaziladi. Tiniq suvni zarar- sizlantirish (turli mikroorganizm va viruslarni o’ldirish) uchun unga suyuq yoki gaz holatdagi xlor, gipoxloritlar — NaCIO, sa(Syu)2 va xlor qo’sh oksid S1O2, xlorli ohak qo’shiladi, tindiril- gan suv va er osti suvlarini zararsiz- lantirish maqsadida, shuningdek, ozon va ultrabinafsha nurlar ham qo’llanadi. Bunda simobkvarsli yoki argonsimobli lampalardan foydalaniladi. Agar suv qattiq (tarkibida kaltsiy va magniy tuzlari umumiy miqdori me’yordagidan yuqori) bo’lsa, yumshatiladi (q. Suvni yumshatish). Er osti suvlari ko’pincha aerasiya usulida temirsizlantirila- Di (havo kislorodi bilan boyitiladi). Suvni kremniysizlantirish (metasi- likat kislota H2SiO3 va uning Tuzla- ri mikdorini kamaytirish) uchun ohak, natriy alyuminat NaAlO2, ba’zan kuy- dirilgan dolomitdan foydalaniladi. Suv tarkibidagi boshka erigan tuzlarni ketkazish uchun u chuchuklashtiriladi (q. Suvni chuchukpashtirish) yoki ionitlardz. tuzsizlantiriladi. Suv tarkibidagi vo- dorod sulfid, metan, radon, karbonat angidrid va b. erigan gazlarni ketkazish uchun suv degazasiyalanadi (q. Degazasiya). Suv tarkibidagi ortikcha ftorni kamay- tirish uchun suv faollashtirilgan alyu- miniy oksid orqali suzib o’tkaziladi. Agar suv tarkibida radioaktiv moddalar borligi aniklansa, u dezaktivasiyalana- Di (q. Dezaktivasiya). Agar suvda noxush hid bo’lsa, faollashgan kumir, ozon, ka- liy permanganat yoki xlor ko’sh oksid bi – lan ishlanadi (q. Sorbtsiya). Oqova suvlar (sanoat korxonalari, maishiy korxonalar va turar joylar- dan chiqadigan iflos suvlar) va yog’in suvlarni tozalash masalalari tabiatni mahofaza qilishning muhim bir qismi hisoblanadi. Oqova suvlar tarkibida- gi balchiq, kolloid va erigan moddalar tindirgichlarda cho’ktiriladi, zararli moddalar biologik usullarda zararsiz- lantiriladi (q. Biologik suzgich, suv- ni zararsizlantirish), korxonalardan chiqayotgan suvlar tozalash inshootlarida tozalanadi. S.t.ning fizikkimyoviy, ter- mik va b. usullari ham bor. Tabiiy suvlarni sanoatda qo’llanadigan usullar yordamida mikro- organizmlar, tuzlar va gazlardan butkul tozalashning imkoni yo’q. Shu sababli ularning ichimlik suvidagi miqdori belgilangan ma’lum me’yordan ko’p bo’lmasligi talab etiladi. Mas, ichim- lik suvining 1 ml dagi mikroorganizm- larning umumiy soni 100 tadan oshmas- ligi, ichak tayoqchalari guruhi bakteriya- larining soni 3 tadan oshmasligi shart. Suvning umumiy qattiqligi 7 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1000 mg/l gacha, vodo- rod ko’rsatkichi — r-n 6,0 dan 9,0 gacha bo’lishi kerak. Ayrim hollarda ichimlik suvining qattiqligi 10 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1500 mg/l gacha, temir va marganes ionlarining miqdori tegish- licha 1 va 0,5 mg/l gacha bo’lishiga ruxsat etiladi. St. xalqxo’jaligida va aholi sog’lig’ini saqlashda juda muhim tadbir hisoblanadi. O’zbekiston shahar va tumanlari- da suv ta’minoti markazlashtirilgan. Aholiga beriladigan ichimlik suvi yuqorida aytilgan usullarda tozalanadi, sanitariya ko’rigidan o’tkazib turiladi. Bu ish bilan shahar va tuman sanitari- yaepidemiya st-yalari (SES) shug’ullanadi. Yirik sanoat va maishiy korxonalarning oqova suvlari mahalliy tozalash insho- otlarida tozalab chiqariladi (yana q. Suv ta’minoti).