Suvon
Suvon — Koreya Respublikasidagi ihar, Seul shahridan janubda. Kyongido provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 755,5 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Transport yo’llarining muhim tuguni. Qishloq xo’jalik rayoni (sholi, tamaki va boshqalar) markazi. To’qimachilik va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan.