Suvora

Suvora (fors. — otliq) — 1) Shashmaqomning Buzruk maqomi asosida yaratilgan kuy va ashulalar. S.ning ashu- la yo’li oddiy 2/4 takt o’lchovidagi doira usulida ijro etiladi. S.ning yana 3 xili (S.1, 2, 3) mashhur cholg’u kuylaridir. S.1 Buxoro Irog’idagi soqiynomanutt varianti bo’lib, unda «Zebo pari» avji tushirib qoldirilgan. Uning 2 va 3kism- lari 6/8 va 3/4 o’lchovlaridagi usullar jo’rligida ijro etiladi. 2 va 3 S.lar surnay yo’llaridandir; 2) Xorazmda mashhur bo’lgan maqom ashula yo’llari va mumtoz ashulalar turkumi. Maqomlarda asosiy sho»balardan keyin o’rin olgan S.lar 13/4 o’lchovidagi murakkab usullar- ga asoslangan. Shuningdek, oddiyroq (6/8, 3/4, 3/8) takt o’lchovidagi (keksa ustozlar aytishicha — otning yo’rg’a yurishidan hosil bo’lgan ritmik tuzilmaga asoslan- gan) murakkab shaklli S. ashula yo’llari ham xalq orasida keng tarqalgan. Ular 7 ta yirik ashula turkumlariga birlash- gan bo’lib, har bittasida 2 tadan Savt va Ufarlar mavjud: «S.»(«Tani» yoki «Ona S»), «Chapandozi S.»(«Tojik S»), «Yakparda S», «Xushparda S», «Qajhang S», K. Otaniyozov yaratgan «VI—S.»va H. Boltaev ijodiga mansub «Qorchmoniy S.»lar. S.lar she’riy matnida ko’proq tasavvuf mavzuidagi muxammaslar qo’llanilgan. Xorazmda xonandalarning ijodiy musobaqa (Diyralishma)lari S. ijrosiga asoslangan. Polvon Duz- chi, Sheroziy, H. Boltaev, K. Otaniyozov, J.Sultanov, R. Jumaniyozov, F. Davletov va b. Slarning moxir ijrochilaridir. S. yo’llaridan M. Yusupov, A. Otajonov, S. Hayitboev kabi kompozitorlar foydala- nishgan. Ad.: Xarratov M., Xorazm musiqiy ta- rixchasi (2 nashri), T., 1998; Matyoqub o v O ., Maqomot, T., 2004. Bopgir Mashyoqubov.