Suvorov Aleksandr Vasilevich

Suvorov Aleksandr Vasilevich (1729.13.11, Moskva 1800.6.5, Peter- burg) — rus sarkardasi, generalissi- mus (1799). Dvoryan oilasida tugilgan. Otasi — Vasiliy Ivanovich (1705-75) general, senator va generalgubernator l bo’lgan. Harbiy xizmatni kaprallikdan boshlagan (1748). 1774 y. avg.da u E. I. Pugachyov boshchiligidagi qo’zg’olonni bo- stirish uchun Uralga yuborilgan. Etti Yi- yalik urush qatnashchisi, rus turk urushla- ri (1768 -74 va 1787-91) da bir necha g’alabaga erishgan va Izmail qal’asini qattiq hujum bilan egallagan (1790). Polsha qo’zg’oloni (1794)ni bostirgan qo’shinlarga qo’mondonlik qilgan. Pavel I taxtga chiqqandan so’ng armiyada S. naza- riyasiga zid bo’lgan pruss harbiy ustavla- ri, formasi va tartibi joriy qilingan. 1797Y. S. iste’foga chiqarilgan. 1798 y. Rossiya frantsuzlarga qarshi ittifoqqa qo’shiladi. Avstriya hukumati Pavel I oldiga S.ni Italiyadagi ittifoqchi qo’shinlarga bosh qo’mondon etib tayin- lash masalasini qo’yadi. Pavel I noiloj rozi bo’ladi. 1799 y.da Adda va Trebbiya daryolari bo’yida va Novi sh. yaqinida frantsuz qo’shinlarini tormor kelti- rib, Italiya va Shveytsariyaga qilingan harbiy yurishlarni muvaffaqiyat bilan yakunlagan, so’ngra Shveytsariya Alpi- dan oshib o’tib, qurshovdan chiqib ket- gan. S. «Polktuzish», «g’alaba ilmi» kabi harbiynazariy asarlar muallifi. Urush olib borish, jang qilish usulla- ri, qo’shinni tarbiyalash va o’qitish masa- lalari haqida o’z davriga nisbatan ancha original va ilg’or fikrlar sistemasini yaratgan. S. strategiyasi hujumkor xa- rakterda bo’lib, dushmanni jang maydo- nida butunlay tormor qilishni asosiy maqsad qilib ko’ygan. Kolonnalar va yoyiq saf taktikasini rivojlantirgan, aqidaparastlik va eskilikka qarshi ku- rashgan. Sobiq SSSRda 1942 y. 29 iyulda Suvorov ordeni ta’sis etilgan va 1943 y. 21 avg.da Suvorov bilim yurtlari tash- kil etilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Ochakov, Izmail, Kiev va b. shaharlarda muzeylar ochilgan va haykallari o’rnatilgan. Bir qancha aholi punktlari S. nomi bilan atalgan.