Suyak chiqishi

Suyak chiqishi — suyak bo’g’im uch- larining bo’g’imdan tashqariga siljishi. Suyak bo’g’imdan to’liq yoki qisman chiqadi. Kelib chiqish sabablariga ko’ra SCH. Trav- matik, odatiy, tug’ma va patologik tur- larga bo’linadi. Travmatik S.ch. aksariyat hollarda bo’g’imni tashkil qiluvchi distal suyak- ka bilvosita qattiq itaruvchi yoki tor- tuvchi kuch ta’sir etganda va bo’g’imda keskin harakat qilish oqibatida ro’y beradi. Odam tanasida eng ko’p SCH. (bar- cha chiqishlarning 50%) elka bo’g’imida uchraydi. Deyarli hamma hollarda suyak chiqqanda bo’g’im kapsulasi yoriladi va atrof to’qimalarga ichki qon quyiladi. Chiqqan suyak boshchasi atrofdagi yirik qon tomirlari va nerv tolalarini ezib qo’yishi mumkin. Tashqi ko’rinishdan S.ch. jarohatlangan bo’g’imda kuchli og’riq, qo’l yoki oyoqning majburan noqulay holatda bo’lishi, bo’g’imda harakatning keskin cheklanishi va o’ziga xos deformasiya- lar bilan tavsiflanadi. Chiqqan suyakni joyiga iloji boricha barvaqt solish ke- rak, eskirgan S.ch.ni bartaraf etish vaqt o’tishi bilan qiyinlashib boradi. S.ch.ni joyiga solish uchun bir qancha usullar tatbiq etilgan. Ulardan ba’zilari (mas, Gippokrat usuli, Ibn Sino usuli) bir necha asrlardan buyon keng qo’llanib keli- nadi. Travmatik S.ch.da birinchi yordam — qo’l yoki oyoqni ro’mol bilan bog’lash yoki taxtakachlash, og’riq qoldiruvchi dori berish va travmatologga murojaat etish. Mutaxassis bo’lmagan odamning suyakni joyiga solishga urinishi og’ir asorat- larga olib kelishi mumkin. Ba’zan, suyak chiqqan vaqtda bo’g’im xaltasi va bog’lamlarining cho’zilib, bo’shashib ketishi oqibatida, shuningdek, S.ch. etarli davolanmaganda, arzimagan kuch ta’sirida ham suyak yana qayta chiqib ketaveradi. Bu — odatiy S.ch.dir. Bu xil S.ch. operativ yo’l bilan davolanadi. Tug’ma S.ch. ona qornidagi homilaning biror sabab bilan noto’g’ri rivojlani- shi, bo’g’im yuzalarining nomutanosi- bligi oqibatida ro’y beradi. Ko’pincha son suyagi boshchasi, ba’zan tizza qopqog’i chiqadi. Son suyagining tug’ma chiqishi qiz bolalarda ko’proq uchraydi. Ba’- zi odamlar son suyagi chaqaloqning tug’ilish vaqtida oyog’idan tortib yubo- rilganligi uchun chiqib ketadi deb noto’g’ri o’ylaydilar. Son suyagi chanoqson bo’g’imining kasalligi tufayli homila hali ona qornidaligidayoq chiqib bo’ladi. Shuning uchun yangi tug’ilgan chaqaloqda travmatik S.ch.da uchraydigan og’riq va shish kuzatilmaydi, bola bezovtalan- maydi. Shu sababli son suyagining tug’ma chiqishini barvaqt aniklash birmuncha mushkul. g’ali yurmagan chaqaloqlarda son teri burmalarining asimmetriya- si, oyoqlarni yaxshi kera olmaslik, bir oyoqning kaltaligi, bo’ksalarda harakat vaqtida kirtillash singari belgilarga qarab diagnoz qo’yiladi. Ultratovush tekshiruvi, rentgenografiya (3-4 oy- likdan boshlab) kasallikni aniqlashga yordam beradi. Yurib ketgan bolalarda oqsoklanish, «o’rdaksimon» yurish S.ch. belgilaridir. 1,5—2 yoshgacha S.ch.ni ope- rasiyasiz joyiga solish va bir necha oy davomida oyoqlarni kerib ushlash yo’li bilan davolanadi. Kattaroq bolalarda son boshchasi operasiya qilib joyiga tu- shiriladi. Chaqaloklarning oyoqlarini birlashtirmasdan erkin yo’rgaklash, oyo- klar orasini ochib ko’tarish son suyagi chiqishini kamaytiradi. Patologik S.ch. bo’g’imni tashkil qiluvchi suyaklar bo’g’im yuzalarining ort- girilgan kasallik (suyak sili, osteomi- elit, revmatoid artrit va b.) oqibatida emirilishi, bo’g’imni o’rab turgan mu- skullar falaji (paralitik S.ch.) sabab- li ro’y beradi. Davo S.ch.ni keltirib chiqargan kasallikka qarshi qaratiladi.