Svita
Svita (geologiyada) — biror r-nning geologik kesimida asosiy regi- onal stratigrafik ahamiyatga ega bo’lgan taksonometrik birlik, cho’kindi, vul- kanogen yoki metamorfik tog’jinslari katlamlari majmui. Tarkibiga ko’ra, bir xil janslardan, ba’zida turli tipdagi jinslarning ketma-ketligidan iborat bo’ladi. S.ning chegaralari ba’zan umu- miy stratigrafiya shkalasi chegarasidan farq qilishi mumkin, lekin uning Ichida stratifafik nomunosiblik bo’lmaydi. Gorizontal yo’nalishda S. struktura-fasial zona yoki geologik region hamda cho’kindi yig’ilishi havzasi chegaralari b-n ajratiladi. S.ning yoshi eng to’liq bo’lgan kesim (stratotip) yoki bir nechta kesimlardan (ular bir biridan farq qilishi mumkin) aniqlanadi. S.lar yuqori, o’rta, quyi kabi kichik svitalarga bo’linadi, ular nomiga geofafik joy- ning nomi qo’shib aytiladi. Bir nechta Slar seriyaga birlashtiriladi.