Sxolastika

Sxolastika (Yun. Scholastikos — maktabga, olimga oid) — diniy dunyoqarashni nazariy asoslashga in- tiluvchi diniy falsafa. O’rta asrlar- da G’arbiy Evropada taraqqiy etgan. U ilohiyotaqida asoslarini rasionalistik metodika va formal mantiq masalalari («masala talashish») bilan bog’laydi. S.ning asosiy maqsadi — dinni ximoya qilish. Sxolastlar Platon, Aristote- liing ta’limotlarni o’z maqsadlariga moslashtirib, xristianlik aqidalarini asoslash yo’lida talqin etishgan. S. bir necha davrga bo’linadi. Ilk S (11 —12-a. lar) Ioann Skot Eriugena, Anselm Ken- terberilik ta’sirida bo’lgan. Xudoni ta- biat bilan, Yaratuvchini yaratilgan bilan aynanlashtirish Eriugena ta’limotiga xos edi. Shu sababli cherkov hukmdorlari Eriugena kitoblarini «so’nggi nusxasi- gacha yoqib tashlash»ga fatvo berishgan. Universaliyalar xususidagi bahsda sxo- lastik realizm (Gilom)ga nominalism (Rosselin), shuningdek, kontseptualizm (Abelyar) qaramaqarshi turadi. Etuk S. (12— 13-a.lar) Buyuk Albert va Foma Akvinskiyning xristian aristoteliz- mi va averroizm (Siger Brabantskiy va b.) bo’lib, u asosan Parij un-tida keng yoyilgan. Keyingi S. (13-14-a.lar) vakillari — Ioann Dune Skot, u. OK- kam. S.ga Uyg’onish davri gumanistlari qarshi chiqqanlar. Ularning ta’sirida S. o’zining mafkuradagi ustuvor mavqeini yo’qota boshladi. S.ning yangidan jon- lanishi, ayniqsa, Ispaniyada jonlani – shi (16-17-a.lar, F. Suares, M. Moli- na) kontrreformasiya bilan bog’liqdir. Ko’chma ma’noda S. — hayotdan ajralib qolgan, behuda, mavg’um fikr yuritish.