Syangan, Gonkong
Syangan, Gonkong — Xitoy tarki- bidagi maxsus ma’muriy rayon. Mamla- katning Jan.Sharqiy qismida, Jan. XI- toy dengizi sohilida. Syangan o., Szyulun ya.o., shuningdek, yakin atrofidagi 235 ta Orolni o’z ichiga oladi. Mayd. 2905 km2, shundan qurukdik qismi 1095 km2, qolgan qismi dengiz akvatoriyasi. Ma’muriy markazi — Syangan sh. Aholisi 6,68 mln. kishi (1998). Asosan, xitoylar (98%), shuningdek, tibetmyanmalar, hind, in- glizlar va portugallar ham yashaydi. Aholi buddizm, daosizm, konfutsiylik, Islom, hinduizm, xristian dinlariga e’tiqod qiladi. Rasmiy tili — Xitoy va ingliz tili. S qirg’oklari qo’ltiqlar bilan parcha- langan. Sohil yaqinida mayda qoyali Orol ko’p. Er yuzasi tog’li, eng baland joyi 939 m. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim, yanv.ning o’rtacha t-rasi 15-16°, iyulni- ki 25-27°. Yillik yog’in 2000 mm gacha. Doim yashil tropik o’rmonlar bor. S. Xitoy bilan «bir davlat — ikki tuzum» tamoyiliga asoslanadi. Bu ta- moyilning mazmuni Xitoyning ichki r-nlarida sosialistik tuzum ustuvor bo’lsada, Sda kapitalistik sistema va hayot tarzi sakdanib qolgan. S.ning o’z boshqaruv organlari bo’lib, ular tashki siyosiy faoliyat va mudofaadan tashqari barcha sohalarni mustaqil ravishda boshqaradilar. Sda siyosiy demokratiyaga amal qilinadi. S.ning boshqaruv organ- lari — ma’muriyat boshlig’i, xukumatdan iborat. Shuningdek, ma’muriy Majlis, Qonun chiqaruvchi Majlis va sud faoli- yat ko’rsatadi. Ma’muriy bo’linmalardan tashqari siyosiy, moliyaviy va xuquqiy departamentlar ham mavjud. Ma’muriyat boshlig’i mahalliy aholi orasidan say- lov yoki konsultasiya yo’li bilan 5 yilga saylanadi. Pul birligi erkin konverta- tsiya qilinadigan — Syangan dollari. S.ning hoz. hududi mil. AV. 3-a. oxir- laridan Xitoy davlati tarkibida bo’lib kelgan. 1840-42 y.lardagi Angliya— Xi- toy urushi davrida Syangan o. inglizlar tomonidan bosib olingan. 1842 y.gi Nan- kin bitimiga asosan Buyuk Britaniyaning «abadiy mulki»ga aylangan. 1856-60 y.lardagi Angliyafrantsiyaxitoy urushi natijasida Szyulun ya.o.ning Jan. kismi ham Angliya mulkiga qo’shildi. 1898 y. iyunda Pekinda imzolangan Konventsiya- ga ko’ra, Angliya Szyulun ya.o.ning yana bir qismi va yondosh orollar (yangi hudud) ni 99 yil muddat bilan ijaraga oldi. 2-jahon urushi vaqtida hududni yaponlar bosib oldi. 1945 y. 30 avg.dan yana ingliz- lar qo’l ostiga o’tdi. XXR tashkil topgach (1949), Pekin hukumati S.ning mustam- laka maqomini tan olmay, uni Xitoydan «tortib olingan» hudud deb qaradi. 1982 y.dan S. masalasi bo’yicha Xitoy va Buyuk Britaniya hukumatlari o’rtasida muzoka- ralar boshlandi va 1984 y. 19 dek.da Xi- toy va Buyuk Britaniya tomonidan qo’shma deklarasiya imzolandi, unga ko’ra 1997 y. 1 iyuddan S. Xitoy yurisdiktsiyasi ostiga o’tdi. Shunday kilib, Xitoy S. ustidan suverenitet o’rnatdi va S. mamlakatning maxsus ma’muriy r-ni deb atala boshla- Di. S. xo’jaligi uning «savdo faktori- yasi» roli ta’sirida shakllangan. Bunga sabab uning chuqur suvli bandargohlarga boyligi va umuman tabiiy resurslarning yo’qligidir. Sanoati chetdan keltirila- digan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar asosida ishlaydi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 4/5 qismidan ortig’i eksport uchun mo’ljallangan. Yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning asosiy kismi ul- gurji va chakana savdo, eksportimport operasiyalari, transport, aloka, mo- liya va sug’urta, ko’chmas mulk operasi- yalari, ijtimoiy va kommunal xizmat ko’rsatish sohalarida ishlab chiqariladi. Iqtisodiy faol aholining 63% ham shu sohalarda band. Qayta ishlash va qurilish sohasida 28% iqtisodiy faol aholi band bo’lib, YAIM ning 23% ish- lab chiqariladi. Sanoatining etakchi tarmoqlari — to’qimachilik va tikuvchi- lik. Xorijiy investisiyalarning asosiy qismi ham ana shu tarmoqlarga sarflana- Di. Shuningdek, soat, plastmassa buyumlar (asosan, o’yinchoqlar) ishlab chiqariladi. Elektronika va elektrotexnika, poli- grafiya sanoatlari rivojlanmoqda. Q.X. da turli sabzavot ekinlari ekiladi. Eks- port uchun gulchilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. S. porti jahonda eng yirik portlardan, bajariladigan operaiiya- lar turi bo’yicha Singapurdan keying o’rinni egallaydi. Chetdan xalq iste’mo- li buyumlari, jihozlar, mashina va mexa- nizmlar, elektrotexnika tovarlari kel- tiriladi. Eksportga kiyimkechak (33%, dunyoda 2o’rinda), zargarlik buyumlari va o’yinchoqlar (11%, dunyoda 3o’rinda), elek- trotexnika va optika tovarlari, soatlar, orgtexnika va h.k. chiqariladi. Turizm rivojlangan, yiliga 6 mln. sayyoh kelib- ketadi. S.da 8 ta oliy o’quv yurti bor. S. — yirik xalqaro moliyaviy markaz. Dunyodagi 100 ta eng etakchi banklarning 83 tasi bu erda o’z operasiyalarini baja- radi. S. valyuta bozorida o’tkaziladigan operasiyalar hajmi bo’yicha Osiyoda Sin- gapur va Tokiodan keyin 3o’rinda. S. Jahrn savdo tashkiloti va b. xalqaro tashkilotlarga a’zo.