Syullipryudom
Syullipryudom (SullyPrudhomme) (taxallusi; asl ism- sharifi Rene Fransua Arman Pryudon) (1839.16.3, Parij — 1907.7.9, Shatnema- Labri, Odesen departamenti) — Fran- suz shoiri. Frantsiya akademiyasi a’zosi (1881). Parij un-tini tugatgan. Ilk kitobi — «bekat va she’riyat» (1865). «Harbiy taassurotlar» (1870) kitobi Frantsiyaprussiya urushi voqealariga bag’ishlangan. «Behuda muloyimlik» (1875) she’riy to’plami g’amgin rux- da bo’lib, ichki intim tuyg’ular bilan yo’g’rilgan. «Adolat» (1878) falsafiy dostonida adolatni tashqi dunyodan emas, odamning ko’nglidan qidirish kerak, de- gan fikrni ilgari surgan. «Baxt» (1888) dostoni inson baxti, ilm, saxovat va fidoyilik haqida. S.P. ning Lukresiy- dan qilingan tarjimaga «so’zboshi»si (1869), «Erkin tanlov psixologiyasi» (1906) va b. risolalari, «Paskalning haqiqiy dini» ocherki (1905), jamiyat- shunoslik va san’atshunoslikka oid bir kancha ishlari, jumladan, «poetik vasi- yatnoma» (1901) pozitivizm falsafasi ruhida yozilgan. Nobel mukofoti Laure- ati (1901).