Syun tszi
Syun tszi (miloddan avvalgi taxminan 313 taxminan 238) — qadimgi Xitoy faylasufi. Konfutsiy ta’limotini sistemaga solishga uringan. Mentszi (miloddan avvalgi taxminan 372-289) ga qarama-qarshi o’laroq, inson tabiatan yovuzdir, deb hisoblagan. Uningcha, inson tashqi ta’sir, tarbiya, amaliy faoliyat tufayligina yaxshi fazilat egasiga aylanadi. Fikrlarini «Syuntszi» kitobida bayon qilgan. Syun tszi g’oyalari keyingi Xitoy mutafakkirlari, ayniqsa Xan davri (miloddan avvalgi 3-asr — milodiy 3-asr) faylasuflariga katta ta’sir o’tkazgan.