Syunik podsholigi

Syunik podsholigi – Armanistonning Janubiy Sharqiy qismida mavjud bo’lgan davlat (10-asrning 2-yarmi — 12-asrlar). Asoschisi — Smbat; 970 yil podshoh deb e’lon qilingan. 11-asrning 1-yarmida Vasak I va Smbat II davrida ravnaq topgan. Syunik tog’ o’lkasida 43 qal’a, 48 monastir va 1000 dan ziyod qishloq bo’lgan. Aholining asosiy mashg’uloti — dehqonchilik va chorvachilik. Syunik podsholigi 1170 yil Saljuqiylar tomonidan bosib olingan.