TABARGUL
TABARGUL (Polianthus tuberosa) — chuchmomaguldoshlar oilasiga mansub, ko’p yillik tuganak piyozli o’tsimon o’simlik. Bo’yi 60120 santimetr. Barglari uzunchoq. Guli oq, xushbo’y, to’pguli boshoqsimon. Vatani — Markaziy Amerika. Shimoliy Afrika va Janubiy Yevropaning ba’zi hududlarida, Kavkazning qora dengiz sohillarida manzarali va efir moyli usimlik sifatida ekiladi. Kuzda gullaydi; tuganak piyozidan kupaytiriladi. Uning ochilgan gulidan parfyumeriya sanoatida ishlatiladigan qimmatbaho efir moyi olinadi. Manzarali Tabargul navlaridan guldastalar yasashda foydalaniladi.