TABIIY GEOGRAFIK OBLAST
TABIIY GEOGRAFIK OBLAST – tabiiy geografik rayonlashtirishnint taksonomik birligi. Landshaftlarni yoshi, qoplab yotgan yotqiziqlari, relefi, gidrografik xususiyatlari, biosenozlarning turlari va rivojlanish tarixi bo’yicha birlashtiradi. Odatda, tabiiy geografik o’lkaning tarkibiy qismi (ba’zan sinonimi) sifatida qo’llaniladi. Tabiiy geografik oblast turli zona va kichik zonalarga taalluqli bo’lishi mumkin.