Tabiiy jun nima?
Yumshoqqina jundan tayyorlangan liboslar kiyim-kechakning juda qulay turlaridandir. Ulardan butun dunyoda ham keng foydalanadilar. Jundan tayyorlangan liboslar issiqni saqlab qoladi, yaxshi kiyiladi, shaklini o’zgartirmaydi, namlikni singishtiradi-yu, biroq uni teriga yaqin yo’latmaydi. Xonaki qo’chqor va qo’ylarning tanasini qoplagan yunglar bunday ajoyib matolarning manbaidir. Bu yunglar va ulardan eshilgan iplar jun deb ataladi. Boshqa hayvonlardan ham jun qirqib olinadi, ammo bu junlarning nomi boshqadir. Angor echkilarining junidan moxer, kashmiri jun olinadi. Alpaka, lama, vigon kabi nomlar ham shunga o’xshash jun turlarining nomlanishidir. Jun shu qadar qimmatbaho va foydaliki, hatto uni bir necha marotaba ishlatish mumkin. Sanoatda eski kiyim-kechaklar, gilam va ishlab chiqarish chiqindilaridan jun gazmollarni qayta ishlab chiqariladi. Jun gazmollar yuvilib ikkinchi marotaba ishlatiladi. Aksariyat mamlakatlarning hukumatlari, jumladan Buyuk Britaniya hukumati ham, xaridorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun tarkibida jun mavjud bo’lgan matolarda junning miqdori, qayta ishlangan junning foizi va jun bo’lmagan qo’shimchalarni ko’rsatadigan yorliq bo’lishi zarurligi to’g’risida qonunlar qabul qildi. Ushbu qonunlarga ko’ra, qo’shimchalarsiz, oldin hech qachon ishlatilmagan va qayta ishlov jarayonidan o’tmagan jun tabiiy jun deb ataladi.