Teriga qay tariqa ishlov beriladi?

Ishlov berilmagan charm yoki ko’ndan kiyim-kechak tikib bo’lmaydi, lekin tikilgan taqdirda ham bunday kiyim-kechaklar tezda ishdan chiqadi va chiriyveradi. Shu bois mato holiga kelishidan oldin terilarga ishlov berilishi lozim. Ishlov berish esa terini oshlash deb ataladi. Juda qadim zamonlardayoq inson hayvon terisidan foydalanishni o’rganib olgan. Hayvon terisi nimalarga ham ishlatilmaydi, deysiz?! Mo’yna yoqalar va mato, poyabzallar, kiyim-kechaklar, qayish va kamarlar, sumka-to’rvalar, Jomadonlar, g’ilof-jildlar, egar o’rindiqlar va hokazolar ana shu hayvon terisidan vujudga keltirilmohda. Teriga ishlov berishda maxsus ishlov moddalaridan foydalaniladi. Ishlov moddalari Amerika emani va Hind mimozasidan olinadi. Hozirgi teri oshlovida, shuningdek xrom aralashmasi, ma’danli tuzlar va formalin ham qo’llaniladi. Mazkur moddalarda ivitib qo’yilganidan so’ng terini yuvib olib bo’yaydilar. Ana shundan so’ng zarur mato tayyor bo’ladi.