TABULYATOR

TABULYATOR (lotincha tabula — jadval, yozuv) — elektr mexanik raqamli hisoblash mashinasi; bunda perforatsion lentalarga belgilangan son va raqamli axborotlar avtomatik tarzda ishlanadi, hisoblash natijalari qog’oz lenta yoki maxsus xos qog’ozga yoziladi. Tabulyator tarkibiga: boshqarish qurilmasi, perfokartalardagi axborotlarni kiritish qurilmasi; axborotni «bosish» yoki perfokartaga chiqarish qurilmasi kiradi. Tabulyator mashina-hisoblash stansiyasining asosiy texnologik jihozi hisoblanadi.