TAITI

TAITI — tinch okeandagi vulkan oroli. Jamiyat orollari guruhidagi eng katta orol. Maydoni 1042 kilometr kvadrat. Tor bo’yin (2 kilometr) orqali tutashgan ikkita tog’ massividan iborat. Asosan, bazalt jinslardan tuzilgan. Eng baland joyi 2241 metr (Oroxena tog’i). Marjon riflari bilan o’ralgan. Sernam tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Aholi tropik dehqonchilik, baliq ovlash, marvarid yig’ish bilan shug’ullanadi. Turizm rivojlangan. Yirik shahri va porti — Papaete.