TAKALI

TAKALI — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi dovon. Balandligi 2000 metr. Dovondan Nurota tumanini Xatirchi tumani bilan bog’laydigan so’qmoq yo’l o’tadi. Bu dovonga Nurota tumanidagi tikanli qishlog’i orqali boriladi. Dovon atrofida buloq ko’p.