TAKSI
TAKSI (Fransuzcha taxi), taksomotor — yo’lovchilar yoki yuk tashishda foydalaniladigan yengil yoki yuk avtomobili. Odatda kira haqi taksometr bo’yicha to’lanadi. Birinchi Taksilar Londonda 1903 yil, Moskvada 1907 yil, Peterburgda 1937 yil, Toshkentda 1934 yil paydo bo’lgan. Taksi sifatida ko’plab ishlab chikariladigan engil va yuk mashinalari, maxsus avtomobillardan foydalaniladi. Muayyan yo’nalishlar bo’yicha belgilangan vaqt oralatib qatnaydigan Taksilar marshrutli taksilar deb ataladi. Bunday Taksilar uchun ma’lum qiymatdagi haq stavkasi belgilab qo’yiladi.