Ta’limning milliy modeli

Ta’limning milliy modeli-O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yangilangan sog’lom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish, ta’lim-tarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual, ma’naviy va axloqiy saviyasiga ko’ra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish bo’yicha belgilangan nazariy-metologik, amaliy-pedagogik yondoshuvlar majmui. Ta’limning milliy modelida ma’naviy-intellektual jihatdan barkamol shaxsning o’z ijodiy qobiliyatini to’la namoyon etishini ta’minlash ko’zda tutiladi.