TALLIY

TALLIY (Yunoncha Thallos — yashil novda; spektrning yorqin yashil chiziqlariga ko’ra nomlangan, lotincha Thallium), Tl — Mendeleyev davriy sistemasining 111 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 81, atom molekulasi 204,37. 2 ta barqaror izotopi: 2MT1 (29,5%) va 205T1 (70,5%) va 207T1—2J»T1 radioaktiv izotoplari bor. 202T1, 204T1 radioaktiv izotopi sun’iy usulda olingan. Ingliz kimyogari U. Kruks 1861 y.da sulfat kislota zavodining qo’rg’oshin kamerasidan chiqadigan balchiqni spektroskop yordamida tekshirib, noma’lum elementga taalluqli yashil chiziqlar borligini ko’rdi. Keyinroq frantsuz kimyogari K.O. Lami Talliyni ilk bor metall holda ajratib oldi va uning xossalarini aniqladi. Talliy tarqoq element; yer po’stining massa jihatdan 4,510~5% ini tashkil qiladi. Talliy minerallariga lorandit TlAsS2, krukezit (Si, Ag, Te)2Se, vrbait Tl (As, Sb)3 S5, gutchinsonit (Si, Ag, Tl)2 SPb2As2S3 va 1958 yilda O’zbekistondan topilgan mineral avisennit ZT12O32/E2O3 lar kiradi. Talliy ko’pincha galliy va indiy bilan birga uchraydi. Talliy og’ir metallarning polimetallik rudalari chiqindilarini qayta ishlab, sof Talliy esa uning sulfati eritmasini elektroliz qilib olinadi. Talliy kumush rangoq metall, havoda tez oksidlanadi. Fizik xossalariga ko’ra qo’rg’oshinga o’xshaydi. Talliyning suyuqlanish temperaturasi 303,6°, qaynash temperaturasi 1457°, zichligi 11,85 g/sm3. Uning qattiq holatdagi 2 ta (a, R) modifikatsiyasi ma’lum. T. kimyoviy faol element. Ko’pchilik metallmaslar bilan bevosita birikadi, kislotalarda eriydi, ishqorlar bilan reaktsiyaga kirishmaydi. T. birikmalarida 1 va 3 valentli. T. gidroksid T1ON kuchli asos. T. nitrat kislotada erib, talliy nitrat T1NO3 hosil qiladi. Lekin xlorid kislotada oz eriydi. Talliyning 1 valentli birikmalari barqarorroq hisoblanadi. Talliyning o’zi va uning birikmalari juda zaharli. Masalan, talliy sulfat T12(SO4)3 kemiruvchilarga qarshi zaharli modda sifatida ishlatiladi. Talliy va uning birikmalari optik asboblarda, yarim o’tkazgichlar texnikasida, katalizator sifatida, antidetanator o’rnida ishlatiladi; talliy bromid bilan talliy yodiddan tashkil topgan qattiq eritmalarning monokristallari (Talliy xlorid hamda Talliy bromidning monokristallari) infraqizil nurlarni o’zidan o’tkazadi. Talliy karbonat optik shishalar sintezida, Talliyning o’zi selenli tok to’g’rilagichlari tayerlashda ishlatiladi. Talliy hayvon va o’simlik to’qimasida doimo bo’ladi. Tuproqda o’rta hisobda 10^5%, dengiz suvida 10″9%, hayvon organizmida 410~5% miqdorda Talliy mavjud. Odam bir kecha-kunduzda ovqat va suv orqali 1,6 mkg, g’avo orqali 0,05 mkg Talliy oladi. Talliy kishi organizmiga nafas va ovqat yo’li, teri orqali kirishi mumkin. Talliydan kuchli zaharlangan kishining 1-2 sutkadan keyin me’daichagi (ko’ngli ayniydi, qusadi, qorni og’riydi, ichi suradi, ichi qotadi), o’pkasi zararlanadi, sochi to’kiladi, avitaminoz paydo bo’ladi. Juda og’ir zaharlanganda polinevrit, telbalik va ko’rmay qolish hollari uchraydi. Talliy organizmdan siydik (72%) va najas (14%) bilan chiqib ketadi. Ad.: Parpiev N.A., Rahimov X.R. Muftaxov A.G’., Anorganik kimyo, T., 2003., Kaso’mova S.S., Biogennie Elemento, T., 1990. Komil Tojiev.