TALXABSOY

TALXABSOY — Surxondaryo viloyatidagi soy. Ko’hitang tog’ining Sharqiy yon bag’ridan boshlanadi (950 metr). Uzunligi 16 kilometr, havzasining maydoni 75 kilometr kvadrat. Qor va yomg’ir, yer osti suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 0,100 metr kub/sekund. Bahorda suvi ko’payganda Amudaryoga quyiladi.