TAMAULIPAS

TAMAULIPAS — Meksikaning shimoli Sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 79,8 ming kilometr kvadrat. Aholisi 2,75 million kishi (2000). Ma’muriy markazi — Syudad Viktoriya shahri. Yirik shaharlari: Matamoros, Reynosa, Tampiko va boshqalar. Tamaulipas Sharqiy qismining relefi lagunali dengizbo’yi pasttekisligi, g’arbi balandligi 1300-1800 metrli tog’lardan iborat. Eng baland joyi 4054 metr. Ikqlimi qurg’oqchil subtropik iqlim. O’rtacha oylik temperaturalar 15-30°. Yillik yog’in shimolda 800 millimetrdan, Janubda 800-1000 millimetrgacha. Katta maydonlar chala cho’l yaylovlaridan iborat. Tamaulipas — mamlakatning yirik neft-gaz sanoati rayoni. Tampiko shahri yaqinida yirik neft konlari bor. Qishloq xo’jaligida paxta, shakarqamish ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Paxta tozalash korxonalari bor.