TAMG’ALIDARA RASMLARI

TAMG’ALIDARA RASMLARI Chulli tog’ining Janubiy g’arbiy yon bag’ridagi Tamg’alisoy darasi qoyatoshlariga ishlangan rasmlar. Olmaotadan 160 kilometr shimoli g’arbda. 1890 yilda rus arxeologi N. N. Pantusov topgan, A. A. Topov, A. G. Maksimova tomonidan o’rganilgan. Tasvirlarning 1 qismi miloddan avvalgi 2-ming yillikka, asosiy qismi miloddan avvalgi 7-5-asrlarga mansub, shuningdek ular orasida 6-8-asrlarga oidlari ham uchraydi. Hayvonlardan yovvoyi buqa, sirtlon, jayron, bug’u, ot, tuya, qo’y, echki va b.ning tasvirlari, turli ramziy belgilar, chavandozlar, raqs tushayotgan odamlar, ovchilarning itlar yordamida yovvoyi hayvonlarni ovlash manzaralari qoyatoshlarga o’yib ishlangan. Tamg’alidara rasmlar O’rta Osiyo, Qozog’iston xududida yashagan xalqlar tarixi, turmushi, madaniyatini o’rganishda Nodir manba sifatida qimmatlidir.