«Ta’mirshunoslik»

«Ta’mirshunoslik» – Toshkentdagi mas’uliyati cheklangan ochiq turdagi aktsionerlik jamiyati. O’zbekiston madaniy yodgorliklarini asrash va ta’mirlash inti (1979-2003) negizida tashkil topgan (2004). «T.»qad. shaharlarning tarixiy mintaqalarini o’rganadi, qo’riklanuvchi mintaqalar, tarixiy me’moriy va etnografik muzeyqo’riqxonalar loyihasini tuzadi; tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qiladi; me’moriy va mahobatli san’at yodgorliklarini asrash va ta’mirlash loyihasini ishlab chikadi. O’rta Osiyo moddiymadaniy yodgorliklarini asrash va ta’mirlashga doyr ilmiyuslubiy tavsiyanomalar beradi, ta’mirlash uchun qad. qurilish tafsilotlarini o’rganadi va qayta tiklaydi; qo’riqlanadigan mintaqada joylashgan mahobatli san’at yodgorliklari va ta’mirlash maydonlari loyihasini ishlab chiqarish «T.»jamiyati i.t.lari va loyihalari asosida Registon ansambli, Shohizinda, Ichan qal’a, ko’hna Ark va b. yirik me’moriy inshootlar ta’mirlandi, ko’hna Urganch, Mare, Qirg’iziston va Qozog’istondagi me’moriy obidalarning i.t. va ta’mir loyihalari ishlab chiqilgan.