TANGUTLAR
TANGUTLAR 1) Tibet-birma guruhiga mansub xalq. 10-asrda shimoliy Xitoyda Sisya davlatini barpo etishgan. Tangutlar Xitoy bilan tez-tez urushib turgan. Xoroxotodagi arxeologik qazishmalardan ma’lum bo’lishicha, Tangutlar o’z yozuvi va madaniyatiga ega bo’lgan. Mo’g’ullar tomonidan Sisya davlati yakson etilgach (1227), ular bilan qo’shilib ketgan, bir qism Tangutlar TSinxay viloyatidagi tibetliklar tarkibiga kirgan; 2) Dashti qipchoq o’zbeklari tarkibida ham Tangutlar qabilasi bo’lgan.